Kostroma viloyati
Kostroma viloyati — RF dagi viloyat, 1944 y. 13 avg.da tashqil etil- gan. Mayd. 60,1 ming km2. Aholisi 786,3 ming kishi (2000), asosan, ruslar. Shaharliklar 66%, 24 tumanga bo’lingan; 12 shahar, 8 shaharcha bor (1998). Markazi — Kostroma sh. K. v. hududi past-baland tekislik. Fapbida Kostroma pasttekisligi, Mar- kazida Galich-Chuxloma qirlari va Unja pasttekisligi, shim.-sharqida shim. Uvallar bor. Foydali qazilmalari: yonuvchi slaneslar, torf, fosforit, sa- Propel. Iqlimi mo»tadil Kontinen- tal. Yanv.ning o’rtacha t-rasi Jan,-g’arbda -11,7° dan shim.-Sharqda — 14,2° gacha, iyulniki Jan.-g’arbda 17,9° dan shim.- sharkda 17,6° gacha. Yillik yog’in 550-600 mm. Vegetasiya davri 110-140 kun. VI- loyat hududidan Volga, Kostroma, Unja, Vetluga daryolari oqib o’tadi. Yirik ko’llari: Galich va Chuxloma. Tuprog’i chimli podzol, chimli, qumoqli, qumli, va qumloqli, torf-botqoq, allyuvial tuproqlar. Viloyat iqtisodiyotida o’rmon xo’jaligi (o’rmonlar viloyat hududining 60% ni egallaydi) etakchi o’rinda. Yog’ochtola va yog’och qirindidan ishlangan plitalar, karton ishlab chiqariladi. Yi- rik o’rmon sanoat xo’jaliklari: Mantu- rovo, Buy, Galich va b. Sharyada uysozlik k-ti, neya, Manturovo sh.da yog’ochsozlik z-dlari, Kostroma, Manturovo sh.da fanera z-dlari, Aleksandrove sh.da qog’oz f-kasi ishlab turibdi. Mashina- sozlik korxonalarida metall kesuvchi, yog’ochsozlik stanoklari, eksqavator, Yi- giruv mashinalari ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning yirik zavodlari — eksqavator, kemasozlik-mexanika, to’qimachilik mashinalari, stanoksozlik, «Stroymashina» z-dlari, «Motordetal», «Avtoliniya», «Kostromatekstilmash» va b. korxonalar. Qurilish materiallari sanoati yig’ma temir-beton konstruktsi- yalar va detallar, qurilish g’ishti, oy- na-shisha, shag’al ishlab chiqaradi. Oziq- ovqat sanoatida moy, pishloq z-dlari,, yirik yorma f-kalari, go’sht k-tlari bor. Zig’ir tola sanoati mahalliy xom ashyo asosida rivojlanmokda (Kostroma, ne- rexta). Engil sanoatda tikuvchilik, tri- kotaj, poyabzal tarmoqlari mavjud. Xalq zargarlik san’ati mashhur. Kostro- ma GRES elektr energiya b-n ta’minlay- Di. K-X — da bug’doy, javdar, arpa, suli, em-xashak ekinlari, tolali zig’ir eki- ladi. Kartoshkachilik va sabzavotchilik b-n shug’ullaniladi. Sut, sut-go’sht chorva- chiligi, qo’ychilik, cho’ch-qachilik, parran- dachilik rivojlangan. Volga, Kostroma daryolarida kema qatnaydi. Soligalich kurorta bor.