KOTA-BARU

KOTA-BARU — Malayziyaning shimoliy- sharqiy qismidagi shahar, Malakka yarim orolida. Kelantan shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 220 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Kelantan daryosining quyilish joyidagi port. Kauchuk olinadigan o’simliklar, sholi plantasiyalari bor. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.