KO’TARILISH SUV ELEKTR STANTSIYASI

KO’TARILISH SUV ELEKTR STANTSIYASI (PES) — dengizlar- ning ko’tariluvchi suv energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi gidro- elektr stantsiya. Oy va Quyosh gravitasi- on kuchlarining suv massasini tortishi natijasida dengiz sathi bir sutkada ikki marta: har kuni bir vaqtda dam ko’tariladi, dam pasayadi. Qirg’oqdan uzoqda suv sathining o’zgarishi 1 m dan oshmaydi, qirg’oq yaqinida esa 13 m gacha borishi mumkin. PES, asosan, den- giz qirg’og’iga quriladi; bunda tabiiy (Ko’rfaz) yoki sun’iy yaratilgan ko’llar qirg’og’iga quriladi. Suv ko’tarilish va pasayish vaqtida dengiz b-n ko’l ora- sida suvning bosimlari farqi hosil bo’ladi. Natijada gidroturbivaning ish g’iddiragini va u orqali elektr energiya ishlab chiqaradigan gidrogeneratorlar- ning rotorini aylantiruvchi bosim Vu- judga keladi. PES Daryo st-yasining bir- galikda ishlashi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi; bunda Daryo elektr st-yasi suv kutarilish kamaygan vaqtdagi Pesda ishlab chiqariladigan elektr energiya kamayishini baranarlab turadi. Birinchi PES 1966 y.da Frantsi- yada rans daryosi estuariga qurilgan. Ros- siyada Barents dengiziga, XXRda shanzay sh. yaqiniga qurilgan.