Ko`tarilma shamol

Ko`tarilma shamol — 1) iliq havo massasining front yuzasi bo`ylab yuqoriga tomon harakatlanishi. Siklonlarning iliq frontida yer yuzasini qoplagan sovuq havo ustiga iliq yengil havo chiqa boradi va dastlab patsimon, so`ngra yomg`irli qat-qat bulutlarni hosil qiladi; 2) Yer yuzasi sizishidan pastdagi havo ham isib yuqoriga ko`tarilishi. Bunda to`p-to`p bulutlar hosil bo`ladi. Bunday hodisa O`rta Osiyo tekisliklarida bahorda, tog`larda yozda ham kuzatiladi.