Ko’tarish krani
Ko’tarish krani – yuklarni ko’tarib, ma’lum masofaga tashiydi- gan, davriy ishlaydigan mashina. K. k. ko’tarish konstruktsiyasi (ko’priksimon yoki konsol ferma, minora, machta, stre- la), asosiy yuk kutaruvchi mexanizm (chig’ir. telfer), kuch qurilmalari, elektr jihozlar, yo’valtiruvchi va tu-tib turuchi elementlar (zanjirlar, qavatlar), yukni qamrab oladigan qurilmalar (il- GAK, elektromagnit, greyfer va b.) dan tashkil topgan. Konstruktiv alomatlari va ishlash sxemalariga ko’ra, K. k.ning stasionar va ko’chma; buriladigan va burilmaydigan xillari bor. Vertikal o’q atrofida aylanib ishlaydigan K. k. buriladigan kran deyiladi; bo’lar o’zgarmas qulochli (quloch — aylanish o’qi b-n yukning osilit nuqtasi orasi- dagi gorizontal masofa) va o’zgaruvchan qulochli bo’ladi. Buriladigan K. k.t. y.da harakatlanadigan, velosiped kran, pnev- matik gildiraqli, zanjir tasmali, Avto- mobilga o’rnatilgan, devorga o’rnatilgan, shuningdek, pontonga o’rvatiladigan (suzib yuradigan), kemaga o’rvatiladigan turlarga bo’linadi. Bunda kranning buriladigan qismi portalga (Portal kran), qo’zg’aluvchi yoki qo’zg’almaydigan kolonvaga yoxud buriladigan doiraga ti- raladi. Ba’zi kranlarda minora (mi- Nora kran) yoki machta (machtali kran) ko’rinishida bo’ladi. Burilmaydigan K. k. ga ko’prik kran, kran balka, kabelli kran va b. kiradi. Yuklar gorizontal yo’nalishda to’g’ri chiziqli ilgarilama tashiladigan K. k. ko’prik kran deyila- Di. T. y. tovar stantsiyalari, omborlar va dengiz portlarida ko’prik kranning bir turi — to’rt oyoqli kranlar ishlatila- Di. Ko’prik kranlar bir balkali va ikki balkali kran-balkalarga bo’linadi. K.k. qo’lda va mexanik (bug, elektr, suyuqlik, havo, ichki yonuv dvigatellari yordami- da) harakatlantiriladigan turlarga bo’linadi. Hozir qo’lda, bug’va havo yor- damida harakatlantiriladigan K. k. kam ishlatiladi. K. k.ning asosiy tafsiloti uning yuk ko’taruvchanligi hisoblanib, u (mas, suzib yuruvchi burilmaydiganda) 1500— 2500 t gacha boradi. 3-D tsexlari va omborlarda konsol fermali konsol K. k. ishlatiladi; bunda konsol Fer- ma bir releli osma yo’lda galtaqlar yordamida siljiydigan vertikal ti- rak ramalarga mahkamlanadi. Qurilish va montaj ishlarida derrikkran l a r (strelali minora kranlar), yirik qurilishlarda, ochiq konlarda, yuklarni gorizontal yo’nalishda 1500 m gacha ma- sofaga tashishda kabelli kranlar ishla- tiladi. Bunda ko’taruvchi kanat ikkita qo’zg’almas yoki qo’zgaluvchan tirakmino- raga tortiladi; yuklarni ko’tarish va tushirish mexanizmi b-n jihozlangan aravacha shu qavatda siljiydi. Qurilish ishlarida minora kranlar ishlati- ladi. Ko’chma kranning minorasi t. y.da yoki erda harakatlanuvchi gildiraqli yoki zanjir tasmali Aranaga tayanadi va 100 t gacha yuk kutaradi. Stasiovarniki — 400 t gacha yuk ko’taradi, strelasining qulochi 50 m gacha, yuk ko’tarish balandligi 150 m gacha bo’ladi. Ad.: Krani strelovie pnevmokoles- Nie i gusenichnie, M., 1975; Zalenskiy V. S, Ivanov A. I., Qurilish mashinala- ri va asbob-uskunalari, T., 1977; Gruzo- pod’yomnie mashini, M., 1978.