KOTI

KOTI — Yaponiyadagi shahar. Sikoku orolining Janubi-sharqida. Koti prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 322 ming kishi (1995). Tinch okeanning tosa qo’ltig’idagi port. Tsellyuloza-qog’oz, yog’ochsozlik, oziq-ovqat, to’qimachilik, Tsement, harbiy sanoat korxonalari, kema verfi bor. Koti atrofi rivojlangan mevachilik va sabzavotchilik rayoni.