Kotirovka

Kotirovka (Frans. coter — raqamlash, belgilash) — birjada amal- dagi vaziyat va Qonunchilik normalari, qoidalariga muvofiq chet el valyutalari, qimmatli qrg’ozlar kursini, tovarlar narxini belgilash va ularni qayd etish. K.ni, odatda, tovar, fond yoki valyuta birjasining komissiyasi (qo’mitasi) o’tkazadi va tovarlarning ulgurji narx- lari, qimmatli qog’ozlar kurslari va va- lyuta kurelari birja byulletenlarida e’lon qilinadi. K.ni yirik Kompani- yalar va banklar ham o’tkazishi mumkin. To’liq K. ham xaridorlar va ham sotuvchi- lar taqlif qiladigan narxlarni belgi- lashdan iborat. K. ma’lumotlari maxsus birja byulletenlarida hamda davriy nashrlarda chop etiladi. O’zbekiston Re- spublikasi Markaziy banki chet el valyu- talari K.sini o’tkazadi va valyuta kursi byulletenida e’lon qilib turadi.