KOUZ (COASE) RONALD
KOUZ (COASE) RONALD (1910.29.12, Uilsden, Buyuk Britaniya) — Amerikalik iqtisodchi. London iqtisodiyot maktabini tugatgan (1932). Virginiya universiteti (1951-64) va Chikago universiteti (1964-82) professor. Chikago universitetining faxriy professor (1982 yildan), «huquq va iqtisodiyot» jurnal muharriri (1964-82). Kouz iqtisodiyotning muassasaviy tarkibi tushunchasi mohiyatini va uning amal qilish mexanizmini ochib bergan, mulkchilik huquqi muammolarini tadqiq qilgan. Tarmoqni tashqil qilishni transaktsion xarajatlar nuqtai nazaridan o’rgandi. Nobel mukofoti laureati (1991).