Koventri

Koventri — Buyuk Britaniyada- gi shahar, Angliyada. Aholisi 302 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Mamlakat- ning muhim mashinasozlik (avtomobil- sozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika) Mar- kazi. Rangli metallurgiya, kimyo (sun’iy tola i.ch.) sanoati korxonalari, un-t bor. Shahar 1043 i. qurilgan monastir atrofida bunyodga kelgan. 13-17-y.lar- da savdo va hunarmandchilikning muhim markazi bo’lgan. K. ikkinchi jahon uru- shi vaqtida nemis fashistlari tomoni- dan vayron qilingan. 1946 y.dan boshlab qayta tiklangan. 14-a.da qurilgan gotika sobori vayronalari fashizm yovuzligi xotirasi sifatida saqlab qo’yilgan.