KOYSAN TILLARI
KOYSAN TILLARI — Afrika tillarining katta oilasi. Janubiy Afrika, Namibiya, Janubiy-Sharqiy Angola va Tanzaniyada tarqalgan. Koysan tillari gottentot va bo’shmen tillariga bo’linadi. Bu tillarning kelib chiqishida o’xshashliklar va ko’pgina farqlar mavjud. Har 2 guruh tillarda agglyutinasiya xususiyati mavjud. Koysan tillari undosh tovushlarga juda boy, unli fonemalar soni 5 tadan oshmaydi. Otlar son va rod kategoriyasiga ega. Fe’llar mustaqil qo’shimchalar yordamida tuslanadi va olmoshdan keyin qo’yiladi.