Ko’zdan kechirish
Ko’zdan kechirish (jinoyat huquqida) — tergov harakati; jinoyat izlari va b. ashyoviy dalillarni topish, sodir bo’lgan hodisa tafsilotlarini va jinoyat ishi uchun ahamiyatli boshqa holatlarni aniqlash maqsadida surish- tiruvchi, tergovchi, ba’zan sud o’tkazadi. Qotillik, bosqinchilik, talonchilik, o’g’irlik, haloqat qabilar yuz berganda joy, bino, tevarak-atrof, shuningdek, murda ko’zdan kechiriladi. Bu harakat jinoyat ishi qo’zg’atilmasdan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Tintuvda topilgan narsalar va hujjatlar, pochta- telegraf jo’natmalarini jinoyat ishi- ga qo’shishdan oldin K. k. shart. Jinoyat ishiga aloqador deb hisoblangan buyum- lar va holatlar K.k. chog’ida xolislar huzurida tahlil qilinadi, zarur bo’lsa — tegishli mutaxassislar yordamida fo- tosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tu- shiriladi, nusxalari va qoliplari oli- nadi. K.k. jarayoni va uning natijalari haqida bayonnoma tuziladi (O’zbekiston Respublikasi JPK 135-141-moddalar).