KO’ZMUNCHOQ

KO’ZMUNCHOQ — yuzasida oq ko’z (xol) lari bo’lgan qora yoki ko’k rangli shishalardan yasaladigan munchoq. «Yomon ko’z»dan asrasin degan e’tiqod bilan asosan bolalarga (ipga tizib, kiyim, bo’yin, qo’lga) taqiladi. Ayollar orasida ham Ko’zmunchoq taqish urf bo’lgan.