Ko’zoynakli ilon

Ko’zoynakli ilon (Naja naja) -kapcha ilonlar guruhiga mansub ilon- larning bir turi. O’z. 1,6—2 m. Xavf tug’ilganida kengayadigan bo’ynining orqa tomonida ko’zoynak shaklidagi oqish rasm bo’ladi (nomi shundan olingan). Hind K.i.ining «ko’zoynak» rasmi bitta halqadan iborat. Jan. va Jan.-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Toshlar va butalar ora- sida, termitlar va kemiruvchilar inida, ba’zan xarobalarda yashaydi. Daraxtlar- ga urmalab chiqadi, suvda yaxshi so’zadi. Kunning 2-yarmida va kechqurunlari faol. Suvda va quruklikda yashovchilar, kemi- ruvchilar, ba’zan qushlar va b. sut Emi- zuvchilar b-n oziqlanadi. 8-45 ta tuxum qo’yadi. O’ta zaharli. Zaharidan tibbiyotda kapcha ilonlar zahariga qarshi zardoblar olishda va b. maqsadlarda foydalanila- Di.