KRAMER (CRAMER) GABRIEL
KRAMER (CRAMER) GABRIEL (1704. 31.7, Jeneva — 1752.4.1, Banol, Frantsiya) — shveytsariyalik matematik. Asosiy ishlari Oliy algebra va analitik geometriyaga oid. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish usuli — Kramer qoidasini topgan (1750) hamda determinantlar nazariyasiga asos solgan. Shuningdek, Kramer algebra nazariyasi bo’yicha yuqori tartibli egri chiziqlarni tekshirgan (alohida nuqtalarni tekshirish va boshqalar).