«Kraysler-Daymler»
«Kraysler-Daymler» — Avto- mobil ishlab chiqaradigan eng yirik korporasiya. 1998 y. AQSh va Germaniya hukumatlarining roziligi b-n AQShning «Kraysler» va Germaniyaning eng yirik industrial guruhi bo’lgan «Daymler- Bents» kompaniyasining qo’shilishidan paydo bo’ldi. AQShda, Michigan shtati- ning Auburn Xilles sh.da joylashgan. Korporasiyaning yillik tovar aylan- masi 162 mlrd. evroni tashkil qildi. Korporasiya xodimlarining soni 500 ming vafardan ortiq. Uning tarkibi- ga jahonning 200 mamlakatida tashqil qilingan i.ch. korxonalari, avtomobil- larni yig’adigan, ularga servis xizmat- lari ko’rsatadigan firmalar, Kompani- yalar kiradi (2000). Korporasiya tarki- biga kiruvchi Germaniyaning «Mersedes- Bents» va «Daymler-Bents» kompaniyalari jahon avtomobil sanoatining etakchi, zavonaviy texnika va texnologiya b-n jixrzlangan avtomobillar chiqaradigan kompaniyalaridan hisoblanadi. Bu kom- paniyalarning faoliyat boshlaganiga 100 yildan oshib ketgan. Korporasiya sotilgan avtomobillar- ning hajmi bo’yicha AKShda «Jeneral Motors» va «Ford Motors» kompaniyala- ridan keyin 3-o’rinni egallaydi (2002). Yaponiya «Misubisi Korporeyshn» kom- paniyasining 37%, Jan. Koreya «Xunday» kompaniyasining 11 % aktsiyalariga ega- lik qiladi (2002) va Evropa, Amerika va Osiyo avtomobil bozorlarini qo’liga olish uchun puxta zamin yaratgan. Sadir Salimov.