Kremniy karbid
Kremniy karbid, karborund, SiC — kremniyning uglerod bilan bi- rikmasi. Toza K. k. — rangsiz kristall, tarkibida qo’shimchalari bo’lgan texnik K.k. — kulrang, yashil yoki ko’kimtir-qora modda. K. k.ning geksogoval romboedrik tuzilishga ega bo’lgan a — va kubsimon r-modifikasiyalari ma’lum. r—SiC beqaror bo’lib, 2100° da a-SiC ga aylana- Di; 1200° dan yuqori t-Rada 3 gPa bosim ostida a —> r o’tish holati kuzatiladi. Zichligi 3200 kg/m3. Suyuqlanish t-rasi 2830° (ajralish bilan), suyuqlanganda grafit va uglerodning kremniydagi eritmasi hosil bo’ladi. K.k. — yarim o’tkazgich, qattiqligi olmosga yaqin, mi- neral kislotalar (HF, HNO3 va N3RO4 dan tashqari) va ishqor eritmalari ta’- siriga chidamli, karbonatlar, sulfat- lar, ishqoriy metallar gidroksidlari eritmalari ta’sirida parchalanadi. K.k. 1600-2800° da SiO2 ga ko’mir ta’sir et- tirib (Acheson usulida NaCl3 qo’shimcha sifatida qo’llaniladi), 1150° dan yuqori t-Rada elementlardan, kremniyning gaz- Simon birikmalari (mas, CH,SiCl3)HH piroliz qilib olinadi. Qattiq abraziv materiallar (turli xil charxlar va b.), olovbardosh va kislotaga chidamli buyum- lar, sozlovchi yarimo’tkazgich diodlar va fotodiodlar i.ch.da qo’llaniladi.