KREMOVA
KREMOVA — Italiyaning shim. qismidagi shahar, Lombardiyada, Po daryosining chap sohilida. Kremova Pro-vintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 80 ming kishidan ziyod (1990-y. lar o’rtalarida). Daryo porti, t.y. tu-guni. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mashinasoz- lik, yog’ochsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, keramika sanoati korxonalari bor. Qadimdan musiqa asboblari ishlab chiqariladi. 16-18-a.larda K.da Ama- ti, Gvarneri, Stradinari kabi mashhur skripka ustalari ishlagan. 12-14-a.lar- ga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. Qadimda K. gallar qishlog’i bo’lgan. 1167 y.dan Lombardiya ligasi tarkibida, 1499-1509 y.larda Venesiya xukmronli- gi ostida, 1525-1702 y.larda Ispaniya, 1859 y. gacha Avstriya mulklari tarkibi- da bo’lgan.