KRETEN JAN

KRETEN JAN (1934.11.1, Shavinigan) — Kanada davlat arbobi. Kvebek shahridagi lanal universitetini tugatgan (1958). 1968-74 yillarda Kanada indeyslar ishi va shimol hududlar taraqqiyoti bo’yicha vaziri, 1974-76 yillarda xazina kengashi prezidenti, 1976 yildan sanoat, savdo va tijorat, 1977 yildan moliya vaziri. 1980 yildan Kanada Adliya vaziri va bosh prokurori, 1982 yildan energetika va resurslar vaziri. 1984 yil iyundan bosh vazir o’rinbosari va tashqi aloqalar bo’yicha davlat kotibi. 1990 yildan Kanada Liberal partiyasi yetakchisi. 1993 yil noyabrdan Kanada bosh vaziri.