Krezollar, metilfenollar, gidroksitoluollar, SN3S6N4ON

Krezollar, metilfenollar, gidroksitoluollar, SN3S6N4ON — rangsiz kristallar yoki suyuq moddalar, fenolning yaqin go-mologlari. Mol.m. 108,143 ta: orto-, meta-va paraizomeri bor. K. etanol, dietilefir benzol, xlo- roform, atsetonda yaxshi eriydi. Suvda va ishqor eritmalarida eritilganda krezolyatlar hosil qiladi. K. — fenol- ga o’xshash kuchsiz kislotalar. Toshko’mir smolasida bo’ladi. Texnik K. — tri- krezol — uchta izomer aralashmasidan iborat.Toshko’mir, slanes yoki torf smo- lalari haydalganda ajralib chikadi. Zaharli, odam terisiga yomon ta’sir qiladi. Fenolaldegid smolalar dezin- fektsiya vositalari, plastmassalar (Bake- litlar), portlovchi moddalar, bo’yagichlar i.ch.da qo’llanadi.