Krijovnik

Krijovnik (Grossularia) — toshyo- rardoshlar oilasiga mansub ko’p yillik buta, rezavor meva ekini. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Shim. Amerikada (46 xil turi) uchraydi. Ko’proq 3 turi: mada- niy yoki ekma K. (G. reclinata) — Rossi- yaning Evropa qismi, Kavkazda, shuning- dek, Evropa mamla-katlari, O’rta Osiyoda o’stiriladi; ti Kapli K. (G.acicularis) O’rta Osiyo tog’larida, Oltoyda, Sayan tog’larida; Bure i n K. (G.burejensis) uzoq Sharqda uchraydi. Novdasi tikanli, bo’yi 1,5—2 m, popuk ildizli. Barglari 3-5 bo’lakchali. Gullari 2 jinsli, 1-3 tadan shingil bo’lib joylashgan. Mevasi sox- ta rezavor meva. Yumaloq yoki cho’ziqroq, oq, sariq, qirmizi,qora, ko’p urug’li; me- vasi iyunning 2-yarmida etiladi, o’rtacha og’irligi 3,6—6 g. 1 tupi 2,5—4 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 7-18% qand, 30-60 mg% S, VR R vitaminlari, ka- rotin, pektin, temir, fosfor, kaltsiy, 1-3% gacha organik kislotalar mavjud. K. mevasi yangiligida eyiladi, murabbo, jem, kompot, sharbat va h.k.lar tayyorla- nadi. K. parhish qilish, yog’ochlangan va ko’k qalamchalaridan ko’paytiriladi. O’zbekistonda AQShda chiqarilgan Qora Negus, purman, Xauton, Rossiya na- vlaridan rus K. navlari ko’proq tomorqa bog’larida etishtiriladi. Ad.: Abdullaev R., Yagudiva S, Tomorqada etishtiriladigan rezavor me- valar, T., 1989. Rixsivoy Jo’raev.