KRIOLITOZOVA
KRIOLITOZOVA (krio… va lithos -tosh; zone — mintaqa) — tuproq, tog’jinslari temperaturasining manfiy ko’rsatkichlari va yer osti muzliklarining mavjudligi yoki mavjud bo’lish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi litosfera (yer po’sti)ning yuqori qatlami shaklidagi kriosfera qismi. Mavjud bo’lish holatiga ko’ra, Kriolitozova ko’p yillik (bir necha yildan ming yilgacha) va mavsumiy (muayyan muddat tungish oblastlari)ga bo’linadi. Ko’p yillik Kriolitozova, o’z navbatida, quruqlikdagi suberal, muzliklar ostidagi subglyasial va dengiz, okeanlar akvatoriyasi ostidagi submarin Kriolitozovaga bo’linadi. Kriolitozova O’zbekistonda balandligi 2500 metrdan ortiq bo’lgan tog’lar (Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari)da uchraydi.