KRISHNAMURTI JIDDU

KRISHNAMURTI JIDDU (1895.25.5 yoki 1897 — Madanapalli, Madras shtati — 1986) — hind diniy mutafakkiri va shoiri. 1910 yil teosoflar (ilohiyotchilar jamiyati a’zolari) tomonidan dunyoning yangi xaloskori deb e’lon qilindi. Biroq 1929 yil Krishnamurti ular bilan aloqani uzdi, har qanday uyushgan diniy faoliyatda qatnashishdan voz kechdi. Krishnamurtiga» ko’ra, haqiqat faqat ichki hissiyot asosida, shaxs ko’nglidagini bemalol yorilib gapirish holatidagina namoyon bo’ladi, har qanday tugal falsafiy va diniy tizim bunga to’sqinlik qiladi.