KRISTALLIZATSION DIFFERENTSIASIYA

KRISTALLIZATSION DIFFERENTSIASIYA — turli omillar (masalan, gravitatsion cho’kish, konvektsion harakat va boshqalar) tufayli kristallanish jarayonida hosil bo’lgan mineral fazalarning ko’chirilishi va ajralib chiqishi tufayli magma bilan kristallar o’rtasidagi reaktsiyaning normal kechishidagi o’zgarish, ya’ni magmaning fraktsion kristallanishi. Kristallizatsion Differentsiya magma suyuqligi differentsiasiyasining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Ayniqsa, u asosli va o’ta asosli jinslarda kristallanish mahsulotlarining poyma-poy cho’kishi tufayli intruziyalarning turli mineral tarkibidagi qavatlarga ajralish jarayonida yaqqol ifodalanadi.