KRITIK BOSIM

KRITIK BOSIM (lotincha Kritikos — chegara) — modda (yoki moddalar aralashmasi)ning kritik holati ati bosimi. Har bir modda xususiy Kritik bosimga ega. Kritik bosimdan past bosimda modda 2 muvozanat faza — suyuqlik va bug’ga ajraladi. Lekin Kritik bosim va kritik temperaturada suyuqlik bilan bug’orasidagi farq yo’qoladi, ya’ni modda bir fazali holatga o’tadi. Kritik bosim moddaning fizik-kimyoviy doimiysi hisoblanadi. Masalan, suvning Kritik bosimi 218,3 ATM ga teng. Kritik holatdagi moddalar aralashmasining Kritik bosimi (aralashma komponentlari kontsentrasiyasi) aralashma tarkibiga ham bog’liq bo’ladi. Shuning uchun aralashma diagrammasi birgiva kritik nuqtadan emas, balki nuqtalari Kritik bosim., temperatura va kontsentrasiyaning turli qiymatlaridan tashkil topgan egri chiziqdan iborat bo’ladi.