KRITIK MASSA
KRITIK MASSA — ma’lum sharoit (masalan, reaktorning faol zovasi) da yadro zanjir reaktsiyalari o’z-o’zidan davom etib turishiga imkon beradigan yadro yoqilg’isi (uran izotoplari 233U va 235U, plutoniy izotoplari 239Ri va 241ri yoki ular aralashmasi ) ning eng kichik massasi. Kritik massa neytronlarning ko’payish koeffisientiga bog’liq. Yadroviy portlash bo’lishi uchun yoqilg’i massasi Kritik massadan og’ir bo’lishi kerak.