KROMANONLAR
KROMANONLAR (Frantsiyadagi Kromanon g’ori nomidan) — so’nggi paleolit davrining hoz. (neoantroplar) ko’rinishida bo’lgan qazilma odamlarining umumlashma nomi. Dunyoning barcha qismida Kromanonlarga oid suyak qoldiqlari topilgan. Kromanonlarning yuz tuzilishi hozirgi zamon odamiga o’xshaydi. Ular taxminan 140 ming yil muqaddam paydo bo’lishgan.