KSENOTIM
KSENOTIM —ittriy fosfati (VPO4). Odatda tetragonal singoniyaga mansub bo’lgan prizmatik va piramida ko’rinishdagi mayda kristallar sifatida namoyon bo’ladi. Rangi qo’ng’ir, qizil, qattiqligi 4,5, zichligi 4300 kg/ m3. Asosan, granitli pegmatitlar hamda kontaktam metasomatitlar, slaneslar qatlamida hosil bo’ladi. Ko’pincha granitoid jinslarning aktsessorli minerali sifatida uchraydi. Eng mashhur konlari Braziliya (Minas-Jerays)dagi pegmatit va sochmalar, Shvetsiya, Norvegiyadagi pegmatitlar. Rossiyada Ksenotim Kareliya pegmatitlarida uchraydi. O’zbekistonda turli sharoitlarda aniqlangan.