Kserks I

Kserks I (qad. forscha Xshayarshan) (?— mil.AV.465) — Axomaniylar sulola- siga mansub qad. Eron shohi (486-465). Doro I va kir //ning qizi Atossaning o’g’li. Axomaniylarga tobe misrliklar qo’zg’oloni (486-484)ni bostirgan. 482 y. bobilliklar qo’zg’olon ko’targach, bo- bilni vayron qilgan, Bobil shohi de- gan unvondan voz kechish b-n rasman va amalda Bobil davlatini yo’q qilib, uni oddiy bir satrapiyata aylantirgan. 480 y. Yunonistonga yurish qilgan. Ammo 479y. forslar floti ham, quruqlikdagi qo’shini ham tor-mor keltirilgan. Bu mag’lubiyatlar Axomaniylar davlati tanazzuli jarayonini kuchaytirgan. K. mamlakat yaxlitligini saqlab qolish maqsadida diniy islohot o’tkazgan — mahalliy urug’-qabila ma’budlariga sig’inishni taqiqlab, Axuramazdaga to- pinishni joriy etgan. U saroy ahli uyushtirgan fitnada o’ldirilgan.