«KUCH — ADOLATDA»

«KUCH — ADOLATDA» — O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining gazetasi. 1998 yil 29 avgustdan oyiga bir marta Toshkentda nashr etiladi. Gazetaning asosiy vazifasi O’zbekistonda sud-huquq islohotlarini yoritish, fuqarolarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishga ko’maqlashishdan iborat. Asosiy ruknlari: «qonunlarni o’rganamiz», «Farmon va ijro», «sud amaliyoti», «Dunyo sudlarida», «xalqaro huquq olamida», «menga so’z bering». Adadi 3 mingdan ortiq (2003).