KUCHAN ZILZILASI

KUCHAN ZILZILASI — 1895 yil 17 yanvarda Eronning Turkmaniston chegarasiga yaqin bo’lgan Kuchan shahrida ro’y bergan. Zilzila episentri (Kuchan)da tebranish 9 ballga, zilzila magnitudasi esa 7,1 ga yetgan. Zilzila oqibatida 8 ming kishi halok bo’lgan, Atrek vodiysi yon atrofida tog’lar o’pirilgan. Yer po’stida katta-katta yoriqlar vujudga kelgan. Aholi yashaydigan ko’p joylar yer bilan yakson bo’lgan. Zilzila ta’siri O’rta Osiyoning ko’pgina shaharlarida sezilgan.