Kuchluq

Kuchluq (ba’zi manbalarda ismi Kushluxon, Kashli, Kushluk, Kojlak, Gyujlyuk shaklida uchraydi) (? — 1218) — Chingizxon ta’qibidan G’arb tomon qochgan Nayman qabila uyushmasi boshlig’i. Vay- manlar xoni Tayanxonning ugli. 1210 y. K. qoraxitoylarnsh mag’lubiyatga uchrat- gan, 1211 y. gurxonnn asir olib, Xo’tan, Yorkend, Qashqar, Ettisuv va Farg’ona viloyatlaridan iborat qoraxitoylar dav- latining Sharqiy hududida o’z davlatini barpo etgan. Muhammad Xorazmshoh K. hujumidan xavfsirab, 1215 y. Sirdaryo- ning o’rta oqimi bo’ylaridagi shaharlar (jumladan, Toshkent) aholisini Jan.- g’arbga ko’chirtirgan. Musulmonlarni quvg’in qilish b-n K. fuqarolarining bir qismini o’ziga qarshi qilib quygan. K. dastlab nasroniy bo’lgan, biroq keyin- chalik gurxonning sobiq qaylig’iga uyla- nib, buddaviylikni qabul qilgan. K. mu- sulmonlardan dindan qaytib xristian- lik yoxud buddizmni qabul qilishlarini, juda bo’lmasa islomdan zohiran voz ke- chib xitoyliklar libosida yurishlarini talab qildi. O’zining bu maqsadiga eri- shish uchun K. musulmonlar yashaydigan uylarga jangchilarini joylashtirib qo’ygan va bo’ysunmaganlar ustidan nazo- rat qilish uchun ularga juda keng huquqlar bergan. Jamoa bo’lib namoz o’qish va Daryo berish mutlaqo to’xtatilgan. 1218 y. Chin- gizxon K.ga qarshi Jebe no’yon boshchili- gidagi 20000 kishilik qo’shin jo’vatgan. Jebe no’yon K. davlati hududiga kirib, har bir kishi ota-bobolari diniga erkin ibodat qilish huquqini olajagini e’- lon qiladi va bu b-n musulmonlarni K.ga qarshi qo’zg’olon ko’tarishlariga undaydi. Qashqardagi musulmonlar uylaridagi jangchilarni o’ldirib, mo’g’ullarni xud- Di xaloskorlaridek ko’tib olganlar. K. Sariko’lga qochgan, biroq mo’g’ullar tomo- nidan qo’lga olinib qatl qilingan. Ad.: Mirzo Ulug’bek, to’rt ulus tari- XI, T., 1994. Faxriddin Hasanov.