KUDARO

KUDARO — ibtidoiy odamlar manzilgohi; 5 ta g’ordan iborat. Janubiy Osetiyaning Chasanalixox tog’idagi Jojori daryosining o’ng qirg’ogidan topilgan (1955). Arxeolog V. P. Lyubin tomonidan 1956-61 yillar o’rganilgan. 1 – va 3-g’orning quyi qatlamidan hayvonlar, qushlar, baliqlarning suyak qoldiqlari va Ashel davri (Ashel madaniyati) tosh qurollari, cho’qmor, qirg’ich va boshqalar topilgan. Yuqori madaniy qatlamlari esa muste, mezolit, jez davri va o’rta asrlarga oid.