KUGULTINOV DAVID NIKITICH
KUGULTINOV DAVID NIKITICH (1922.13.3, Choxan — Avganara qishlog’i) — Qalmoq xalq shoiri (1969). Ijodi 1936 yildan boshlangan. Qalmoq va rus tillarida ijod qiladi. Birinchi she’riy to’plami — «Yoshlik she’rlari» (1940). «Moabit tutquni» (1958), «Sar-Gerel» (1963-64), «aql qo’zg’oloni» (1965-71) kabi dostonlar; «hayot va o’ylar» (1963— 67) va «butun umr» (1939-67) she’rlar majmui hamda «men sening tengdoshingman» (1966), «aprel chaqirig’i» (1975) kabi she’rlar to’plami muallifi.