Kujula Kadfiz

Kujula Kadfiz (Kadfiz I) -ku- shon podsholigittt asoschisi (mil. AV. 1-a. oxiri — mil. 1-a. 1-yarmi). Ko’chmanchi yuechjilar (toxarlar)ning Guyshuan — ku- shon qabilasiga mansub. Xitoy tarixiy yilnomalarida u Kioszyuko nomi b-n ma’lum. Tarixiy haqiqatga yaqin taxmin- ga ko’ra, yuechji qabilalari tomonidan Baqtriya istilo qilingandan (mil. AV. 2-a., 3-choragi) taxm. 100 yildan bir oz vaqt o’tgach, K. K. Kushonlar o’rtasidagi o’zaro taxt uchun kurashda qolgan 4 yuech- Ji qabilalari orasidagi o’z taraf- dorlari b-n Baqtriyaning Jan.-g’arbiy hududlarida o’z hukmronligini o’rvatgan. U parfyanlarning Baqtriyaning g’arbiy hududlariga uyushtirgan tajovo’zlariga qarshi harbiy harakatlar olib borgan. Baqtriyada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va harbiy kuchlar nisbati K. K. foydasiga o’zgarmaganligi, uni Hindukush tog’lari osha Kobul (Gaofu) viloyatiga ketish- ga majbur qildi. U Kobul viloyatini bo’ysundirib, viloyat hokimi sifati-da tangalar zarb qilishni yo’lga qo’ydi. Kobuliston hokimi bo’lgan vaqtda K. K. hali mustaqil siyosat olib bormagan. U Paropamisad (Kashmir)ning hind-yunon shohi Germeyning (mil. AV. 1-a.ning o’rtalari) ustuvorligini kabul qilgan. Asta-sekin K.K.ning harbiy qudrati oshib borishi unga qo’shni hududlarni o’z tasarrufiga olishga imkoniyat berdi. Bu borada Hindistonning shim.-g’arbiy hududlaridagi siyosiy parokandalik unga juda qo’l kelgan. U o’z e’tiborini shu er- darni bosib olishga qaratgan. Ko’p vaqt o’tmay, u o’z homiysi Germeyga qarashli hamma erdarni o’ziga bo’ysundirgan. Ger- meyga qarashli hududlarning qo’shib oli- nishi Kushon hokimligining qudratli davlatga aylanishiga olib keldi. Key- inchalik K.K. Jan.dagi hind-parfyan shohi Gandofar hududlari (Gandxara, Araxosiya) hisobiga o’z davlati chegara- sini yanada kengaytirgan. Xitoy manba- larida qayd qilinishicha, K.K. 80 yil umr ko’rgan. Shundan taxm. 50 yilini yuechji qabilalarini birlashtirishga, Kushonlar qabilasining ustuvorligini o’rnatishga, Kushon podsholigiga asos so- lishga va uni qudratli davlatga aylanti- rishga bag’ishlagan. Ad.: Bichurin N. Ya. ( Iakinf), So- branie svedeniy o varodax, obitavshix v Sredney Azii v Drevnie vremeva, t.2, M.-L., 1950; Pugachenkova G.A., Rtveladze E. Yu., Severvaya Baktriya — Toxaristan, T., 1990.