KUKERSIT
KUKERSIT — Boltiqbo’yi havzasining yonuvchi slanesi. Yaxlit yoki pli-tasimon teksturaga, gil-karbovatli va sapropelitli tarkibga ega bo’lgan qiz-g’ish-qo’ng’ir rangli tog’jinsi. Unda- gi organik moddalar (kerogen) miqdori 25 dan 65% gacha. Mikroskop ostida paleobotaniq M. D. Zalesskiy tomoni- dan qad. ko’k-yashil suvo’tlari deb nomlan- gan oval shaklidagi 0,01— 0,08 mikron o’lchamdagi ko’plab tanachalar ko’za-tiladi. Sifati bo’yicha K. dunyodagi yonuvchi sla- neslar orasida eng yaxshisi sanaladi. Yonuvchi slaneslar muhim ki-myoviy va energetik xom ashyo hisobla-Vadi. Ular- dan organik sintezda, Far-makologiyada, yoqilg’i-moylash mahsu-lotlarini i.ch.da foydalaniladi. Shuningdek, ularda re- niy, molibden, vanadiy kabi bir qancha mikroelemen-tlar to’plangan. Yonuvchi slaneslar O’zbekistonning Jan.da Turon va paleogen yotqiziqlarida ham mavjud.