KUKUNOR

KUKUNOR (mongol tilida — moviy ko’l), TSinxay — Xitoydagi oqmas sho’r ko’l, Markaziy Osiyoda eng katta. Vanshan tog’larining Sharqiy qismida, 3205 metr balandlikda. Uzunligi 105 kilometr chamasida, eni 65 kilometrgacha, maydoni 4,2 ming kilometr kvadrat, eng chuqur joyi 38 metr. Qirg’oqlari kam parchalangan; ko’lning qadimgi Terrasalari saqlangan. Bir necha qumli Orol bor. Kukunorga 23 Daryo quyiladi, ular ichida eng sersuvi — Buxingol daryosi delta hosil qiladi. Yozda ko’l suvi temperaturasi 18-20° ga yetadi, noyabrdan mart oyigacha muzlaydi. Baliqqa boy. Tsinxayxu fauva buyurtma qo’riqxonasi tashqil etilgan.