Kulikovo jangi
Kulikovo jangi – Nepryadva va don daryolari oralig’ida joylashgan Kulikovo maydonidagi jang (1380 y. 8 sent.). Bu jang Moskvaning buyuk knya- zi Dmitriy Ivanovich (1350-89) bosh- chiligidagi rus polklari b-n Oltin O’rda tumanboshisi Mamay rahbarligidagi mo’g’ul qo’shinlari o’rtasida bo’lgan. K. j.da ko’plab rus knyazlari o’z jangchila- ri b-n qatvashgan (taxm. 150 ming kishi). Avval boshda mo’g’ul qo’shini ruslarni iskanjaga olib, ularni cheki-nishga majbur qilgan. Rus polklarining yarmi jangda qirilib ketgan. Vo-Lin voevoda- si Bobrok va Vladimir Andreevich (dmi- triyning birodari) qo’mondonligida zahirada turgan polk pistirmadan chiqib, mo’g’ullar ustiga qo’qqisdan tash- lanishi jang taqdirini hal etgan. Bu jangda ruslar mo’g’ullarni ularning o’z usuli b-n mag’lub qilgan. Mamay asosiy kuchlarini olib chekinishiga to’g’ri kel- gan. K. j.da har ikki tomondan 200 ming kishi halok bo’lgan. Rus qo’shinlariga qo’mondonlik qilgan buyuk Knyaz dmi- triyga — Donskoy, Vladimirga — xra- briy (Jasur) nomi berilgan. Biroq, oradan ikki yil o’tgach, Oltin O’rdaning yangi xoni To’xtamish qiyinchiliksiz mo- skvani egallagan va rus knyazlarini Yava so-liq (o’lpon) to’lashga majbur qilgan. Ad:. Grekov B. D., Yakubovskiy A. Yu., Oltin O’rda va uning qulashi, T., 1956; Abduraimov M., Temur va To’xtamish, T., 2000.