Kulki-hikoya

Kulki-hikoya — o’zbek an’anaviy teatrining o’ziga xos janri. Masxara- boz va qiziqchilar tomonidan ijro etilgan teatrlashgan tomosha turi. K.-h. da dialog va monolog etakchi o’rinda bo’lib, ayni vaqtda hikoyachining o’rni ham muhimdir. Ijrochi voqeani izohlab, voqea va qahramonlarga o’z muno-sabati- ni bildiradi. K.-h.ning syujeti kunda- lik hayotdan olinadi. Ijrochi o’zi boshidan kechirgan, ko’rgan yoki eshit- gan hajviy voqealarni kulgi vosita- lari b-n badiiy qayta ishlab hikoya qiladi. Q.-h. qadimdan ma’lum bo’lib, 19-a.da Farg’ova vodiysi va Xorazm- da keng tarqalgan. 20-a. boshida Qo’qon va Marg’ilonda yaratilgan «namoz», «Mingboshi b-n qiziq», «Eshonning mast bo’lishi», «tilmochlik», «uyla- nish» kabi K.-h.lar mashhur bo’lgan. 20— 30-y.larda Yusufjon qiziq Shakarjo- Nov («kimsasiz birodar», «hammom», «Oxunjon qo’rboshi»), 40-50-y.larda Oxunjon qiziq Ho’zurjonov («sarta- Rosh», «sodda kampir», «Sumalak», «sa- molyot») va boshqalar K.-h.lar yaratganlar. Bu K.-h.larni Zaynobiddin va Madamin Yusupovlar, Muhiddin dar-vesh, Odil- jon Oxunov va b. qiziqchilar ijro etib keldilar. Ad.\ Qodirov M., O’zbek teatri an’a- nalari, T., 1976. Muhsin Qodirov.