KULKI-O’YIN
KULKI-O’YIN — o’zbek an’anaviy teatrining o’ziga xos janri. Masxara-boz va qiziqchilar tomo- nidan ijro etiladigan teatrlashgan to- mosha turi (kulgili o’yinlar). K.-o’. juda qad. za-monlardan shakllangan. Ba’zan bu atama o’rnida masxara o’yin, muqallid ibo-ralari ishlatiladi. K.-o’.da sodda- giva syujet bo’lib, ijtimoiy illatlar (xa-sislik, firibgarlik kabi), axloqiy nuqsonlar tanqid qilinadi. Syujet echimida pantomima, raqs harakatlari, mimika b-n birga dialog, qo’shiq, Yalla- lardan keng foydalaniladi. Aksari- yat K.-o’.larda ramziy ifodalar mu-him ahamiyatga ega. 19-a. oxiri 20. a. boshla- rida Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari- da «kadi badbaxt», «Lakalak», «Laylak ilonni ovladi», Farg’ova vo-diysida «Buva qovoq», «Kichkivajon», Xorazmda «Chaqaloq», «sipsa o’yin» kabi K.-o’. keng tarqalgan. K.-o’. namunalari qo’qonlik M. Abdullaev, buxorolik B. Sa’dullaev, nurotalik K. Nur-matov, mang’itlik M. Eshimbetov kabi masxarabozlar ijodi orqali bizgacha etib kelgan. Bu an’ana- viy o’yinlardan professioval va xalq teatrlarining ayrim spektakllari (S. Ahmad, «Kelinlar qo’zg’oloni», O’zbek milliy akademik drama teatri; «Ravshan va Zulxu-mor», Muqimiy teatri va b.)da ijo-diy foydalanib kelinmoqsa. Ad.: Qodirov M., O’zbek teatri an’a- nalari, T., 1976 Muhsin Krdirov.