KULMIVATSIYA
KULMIVATSIYA (astronomiyada) — osmon sferasining sutkalik harakati tufayli yoritqichning osmon meridianidan o’tishi. Yuqori va quyi Kulmivatsiya bo’ladi. Yoritqich Zenitni o’z ichiga oluvchi meridianning yarmini kesib o’tsa, yuqori Kulmivatsiya, qarama-qarshi tomondagisi esa quyi Kulmivatsiya deyiladi. Yuqori Kulmivatsiya paytida yoritqichning ufqdan balandligi eng katta qiymatga ega bo’ladi.