Kultegin bitiktoshi

Kultegin bitiktoshi — Mar- Mar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. El-tarish xoqonning o’g’li Kultegin sha- rafiga quyilgan (732 y. 14 avg.). Ulan Batordan 400 km Jan.da, Qorabalg’a-Sun sh.ning xarobalaridan taxm. 40 km shim. dajoylashgan. Bo’yi 3 m 15 sm, eni 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm. K.b.ning marmar taxta ustuni o’rtasiga 5 burchaqli qalqon shaklida, bal. 64 sm, kengligi 40 sm li lavha o’rnatilgan. Lav-haning yuz tomoni- ga arxar surati tas-virlangan xoqonlik tamg’asi vaqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib bitiktoshning o’rvatilish tari-XI yozilgan. K.b. 84 satrdan iborat: 40 satr yuz tomoniga, 13 satrdan 26 satr ikki yon tomoniga, 14 satr orqa tomoniga, 4 satr toshning taroshlangan 4 qirrasiga yozilgan. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bi-tikni esa Kultegin- ning jiyani Yo’llug’Tegin yozgan.