Kultivasiya

Kultivasiya (lot. cultivo — ish- lov beraman, etishtiraman) — ekin qator oralarini, shuningdek, ilgari haydab qo’yilgan erni turli mexanizmlar, aso- san, kultivator yordamida yumshatish. K.da er qatlami ag’darilmay, yuza yum- shatiladi va shu b-n bir vaqtda begona o’tlar ildizi qirqiladi. K. natijasida tuproqning havo, suv rejimi yaxshilana- Di va undagi mikrobiologik jarayonlar kuchayadi. Har xil tipdagi ish organlari bo’lgan tirkama va o’rnatma cultivator b-n dala eppasiga hamda ekin kator ora- lari, kvadrat-uyalab ekilgan ekinlar esa uzunasiga va ko’ndalangiga K. kilivadi. Ekin qator oralarini yumshatish, odat- da, urug’unib chiqib, qator bilinganidan so’ng boshlanadi. Ekin qator oralarini K. qilishda begona o’tlar yo’qotiladi, tuproqning mayda kesakcha holga kelishi natijasida nam uzoq, muddat saqlanadi, sho’r erdar- da esa zararli tuzlar ko’tarilishining oldi olinadi, tuprokda issiqlik va havo almashinishi ta’minlanadi; ekin-ning iddizlari oziq moddalar va nam b-n doimiy ta’minlanib turishi uchun sharoit yaratiladi. Ertagi K. tuproq ustki qatlamining yaxshi qizishini va qurishini (ayniqsa, yog’in-sochin ko’p bo’lgan yillari, shuningdek, er osti suvi yaqin joylashgan sernam erlar- da) ta’minlaydi; o’simlikning ildiz shrishi kasaliga chalinishini kamay- tirishga sharoit yaratadi. K. tuproq etilganda boshlanadi, agar K. 3-5 kun kechikib o’tkazilsa, kesak ko’chadi, nam bug’lanishi kuchayadi. Mac, g’o’za vegetasiya davrida (chigit unib chiqqandan boshlab) 4-7 marta (har sug’orishdan keyin er etilishi b-n) K. qilinadi. G’o’za qator oralarining sifatli ishlanishi ko’p jihatdan kultivator ish organlari- ni to’g’ri tanlash va ularni o’rvatishga bog’liq. O’simlik rivojlanish davri- ning boshida go’zalarni K. qilishda kul- tivatorning chetki ish organlari 6-8 sm, qatorlarning o’rtasini yumshatadi- ganlari esa 12-15 sm botadigan qilib o’rnatiladi; ikkala holda ham 10-12 sm kenglikda himoya zovasi qoldiriladi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi K. vaqtida, ya’ni go’zalarning bo’yi 25-30 sm ga et- guncha himoya zovani yumshatish uchun POP markali rotasion yulduzchalardan foy- dalaniladi. O’simlikning zararlanishi hamda mevasi to’kilib ketishini kamay- tirish maqsadida oxirgi K. egat olish va chekanka qilish b-n qo’shib olib borila- Di. Ziyomiddin Artukmetov, Abdurahim Ermatov.