KUMANA

KUMANA — Venesuelaning shimoliy- Sharqiy qismidagi shahar, Mansanares daryosining Karib dengizidagi Karyako qo’ltig’iga quyilish joyidagi port. Sukre shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 232 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Baliqchilik sanoatining yirik markazi. Oziq-ovqat, tamaki, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Qishloq xo’jalik (kakao, kofe, tsitrus mevalar) rayonining savdo markazi. Shaharga 1520 yilda asos solingan. Sharqiy universitet, kutubxona bor. Turizm rivojlangan.