Kumush
Kumush (1)-oksid, Ag2O — to’q qo’ng’ir rangli kukun. Zichligi 7,44 g/sm3. Yorug’lik nuri ta’sirida kislorodini yo’qotib qorayadi. 200°da to’liq parchala- nadi. Suvda eruvchanligi 0,714 g/l. Am- miak eritmasida kuchli oksidlovchi kom- pleks Ag(NH3)2OH, kuchliroq eritmada Ag3N va Ag2NH dan iborat portlovchi aralashma hosil qiladi. Ozon ta’sirida AgO ga aylanadi. Organik sintezda kol- loid eritmasi antiseptik modda sifati- da ishlatiladi. Kumush (P)-oksid, AgO — metallsi- mon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Zichligi 7,44 g/sm3. 100° t-ragacha qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. K.ga yoki Ag2O ga ozon ta’sir ettirib, K.ni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galva- nik elementlarda qo’llanadi. K., asosan, tarkibida kumush va qo’rg’oshin bor rudalardan ajratib oli- nadi. Kumush qotishmalari tanga pul, zargarlik va uy-ro’zg’or buyumlari, lab. idishlari i.ch.da, elektrotexnikada, tuz- lari fotografiyada ishlatiladi. K. bu — yumlar tayyorlash uchun 875 probali ku- mush, ya’ni tarkibida 87,5% K. va 12,5% mis bo’lgan qotishma ishlatiladi. Kimyo- da K. kattalizator sifatida qo’llanadi. Tibbiyotda K.ning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi. Komil Tojiev.