Kumush nitrat

Kumush nitrat (lyapis), AgNO3 — rangsiz kristall modda. Suyuklanish t-rasi 208,5°, zichligi 4,352 g/sm3, suvda (20° da) 68,3% eriydi. Qizdirilganda (300°) kumush, azot, kislorod va azot OK- sidlariga parchalanadi. Kumushga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi. Yorug’ sezgir fotomateriallar tayyorlash uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Kumush- ning boshqa birikmalarini olishda, ki- myoviy analizda, organik kimyoda oksid- lovchi sifatida, ko’zgu i.ch.da, galvanic kumush yugurtirishda, tibbiyotda mikrob- ga qarshi va kuydiruvchi modda sifatida eritmasi, mazi, tayoqchalari yara-chaqaga surtiladi, eroziya, traxoma va kon’yunk- tivitda ishlatiladi. 2% li eritmasi yangi tug’ilgan bolalarni blennoreyadan saqlash uchun ko’ziga tomiziladi.