KUMUSHKON POLIMETALL KONI

KUMUSHKON POLIMETALL KONI — Toshkent viloyatining par- kent tumanida, Chatqol tog’larining Jan.- g’arbiy qismida, Parkentsoyning chap sohilida. Qizilnura kvarsli porfirlar kontakt zovalariga to’g’ri keladi. Qad.da (1 —18-a.lar) K.p.k.dan faqat kumush qazib olingan, shuning uchun «Kumushkon» deb atalgan. Kon yaqinida 1940-y.larda konchilar qishlog’i vujud- ga kelgan. Keyinroq K.p.k.da qo’rg’oshin, pyx, kadmiy va b. elementlar borligi aniqlandi. K.p.k.ning geologik tuzili- shida devon va toshko’mir davri oxaktosh qatlamlari va yuqori toshko’mir davri magmatik tog’jinslari ishtirok etgan. Kon hududidagi ohaktosh qatlamlari Zarkent antiklinalining bir qismini tashqil qiladi. Trias davrining 2-yar- mida K.p.k. maydonida shim.-g’arbiy va shim.-Sharqiy yo’nalishda tektonik si- niklar vujudga kelgan. Bu siniklar bo’ylab magma yuqoriga ko’tarilib, kvars- porfirli daykalar hosil qilgan. Kon rudalari toshko’mir davri ohaktoshlari kontaktida va shu kontakt zonasi- da joylashgan. Olimlarning fikri- cha, er qa’ridan ko’tarilgan ruda hosil qiluvchi gidrotermal eritmalar kvars- porfirli daykalar b-n ohaktoshlar kontakta zonasidagi siniklar bo’ylab harakat qilgan va at-rofdagi tog’jin- slari, ayniqsa, ohaktoshlar b-n reaktsi- yaga kirishib, o’z tarkibida qo’rg’oshin, pyx, kumush va b. elementlarni turli minerallar holida qoldirib ketgan. Ru- dalar linzasimon, quvursimon va uyasi- mon jinslar ko’rinishiga ega. Ularning qalinligi 3-8 m, chuq. 50 m dan 150 m gacha, tarqalish kengligi 10 m dan 80 m gacha cho’zilgan. Konda foydali mineral- lardan galenit, sfalerit, pirit ko’p; xalkopirit, tetraedrit, burnotit, ar- gentit, tug’ma kumush, flyuorit mineral- lari esa ikkinchi darajali. Aniq raz- vedka qilingan ruda zahiralari tugagani uchun K.p.k.da qon qazish ishlari 1959 y. to’xtatib ko’yiddi, hrzirda foydalanil- maydi. K.p.k. atrofidan ruda eriti-la- digan o’choq qoldiqlari, shlak uyumlari, sopol idishlar va kon qazuvchilarning ibtidoiy qurollari topilgan.