Kungaboqar moyi

Kungaboqar moyi – kungaboqar mag’zidan olinadigan moy. K.m. och sariq tusli. Presslab yoki ekstraktsiyalab olinadi. Zichligi 925-927 kg/m3 (20° da), yod soni 119-136, gidroksil soni 2-10,6. Qotish harorati —16—19°. K.m. tarkibidagi yog’kislotalari miqdori (%): stearin 1,6—4,6, palmittin 3,5— 6,4, miristin 0,1, olein — 24-40, li- nol 46-62, linolen 1 gacha. Yog’kislota- larining o’rtacha mol. m. 275— 286. Fos- fatidlar, tokoferollar va mum miqdori moy olish va ishlov berish usuliga bog’liq. K.m. xalq xo’jaligi ahamiyatga ega bo’lgan eng muhim o’simlik moyla- ridan biri. Inson uchun foydali, yaxshi hazm bo’ladigan oziq-ovqat mahsuloti. Asosan, ovqatga dog’lanmasdan ishlatila- Di, salatlarga solinadi, undan margarin va oziq-ovqat yog’lari ishlab chiqariladi. Kunjara va shroti chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi.