KUNIAL

KUNIAL — misning nikel (5— 15%) va alyuminiy (1-3%) b-n qotishmasi. K-A va K-V xillari bor. K-A da nikel — 13,5%, alyuminiy — 2,5%, krlgani mis; K-V da nikel — 6,3%, alyuminiy — 1,5%, qolgani mis. Kunial termik ishlangandan so’ng qattiqlashadi. Mustahkamligi bo’yicha ba’zi konstruktsion po’latlardan qolishmaydi; ochiq havoda, chuchuk va dengiz suvlarida zanglamaydi. Kunial kemasozlikda va asbobsozlikda konstruktsion va prujinabop material sifatida ishlatiladi.