Kunmin
Kunmin — Xitoyning Jan.- g’arbiy qismidagi shahar. Yunvan Pro- vintsiyasining ma’muriy va iqtisodiy markazi. Dyanchi ko’lining shim. sohilida, 1892 m balandlikda. Aholisi 3,89 mln. kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Qora va rangli metallurgiya, ma- shinasozlik, kimyo, to’qimachilik, engil sanoat, qurilish materiallari i.ch. kor- xonalari, GES va issiqlik elektr st- yalari bor. Qadimdan hunarmandchilikda gilam to’qiladi. FA filiali, un-t va b. bor. K. yaqinida ko’mir, temir rudasi, mis, apatit olinadi. Shaharga 1-a.da asos solingan va o’sha davrda Szyanlin deb atalgan. 17-a. o’rtalaridan Yunvan Pro- vintsiyasining ma’muriy markazi.