Kurchatov Igor Vasilevich

Kurchatov Igor Vasilevich [1902.30.12 (1903.12.1), sim sh., hozir- gi Chelyabinsk viloyati Asha tumani -1960.7.2, Moskva] — rus fizik oli- mi, akad. (1943). Atom fani va tex- nikasining tashkilotchilaridan biri. Qrim un-tini tugatgan(1923). 1925 y. dan Leninfad fizika-texnika in-tida A. F. Ioffe rahbarligida ishlay bosh- lagan. 1943 i. da lab. tashkil etib, unga rahbarlik qilgan (keyinchalik bu lab. SSSR FA atom energiyasi in-tiga aylan- tirilgan). Ilmiy ishini dielektriklar tabiatini o’rganishdan boshladi. Segnet tuzining elektr xossalarini o’rganib, segnetoelektriklar nazariyasiga asos soldi. 1933 y. dan atom yadrosi fizika- si masalalari b-n shugullanib, sun’iy- radioaktiv izotoplar yadro izomeriyasi hodisasini (1935), rus olimlari K. A. Petrjak, G. N. Flyorov b-n birgalikda uran-235 ning o’z-o’zidan bo’linishini kashf qildi (1940). K. rahbarligida Moskvada tsiklotron (1944), Evropada birinchi atom reaktori (1946), birinchi sovet atom bombasi (1949) va dunyoda bi- rinchi termoyadro bombasi (1953), dunyoda birinchi atom elektr stantsiyasi (1954) yaratildi va boshqariladigan termoyadro sintezi muammolariga oid tadqiqotlar qilishga kirisha boshlandi. K. tashab- busi b-n O’zbekistonda O’zbekiston FA yadro fizikasi instituti tashqil qilingan. Ad.: Golovin I. N., I. V. Kurchatov, M., 1967; As ta she n kov P . T., Akademik I. V. Kurchatov, M., 1971.